Asosiy materiallarga o‘tish

OILA UCHUN YORDAM | BOLALAR TARBIYASI

Ota-onalar bog‘chalar haqida nimani bilishlari kerak?

Ota-onalar bog‘chalar haqida nimani bilishlari kerak?

Kuni bo‘yi ishlaydigan ba’zi ota-onalar farzandlarini bog‘chaga yuborishadi. Xo‘sh, siz ham bunday qilishingiz kerakmi?

 Nimani inobatga olish lozim?

Bolam bog‘chaga qatnasa, bu u bilan bo‘lgan munosabatlarimizni susaytirmaydimi? Bo‘lishi mumkin. Bolaning ilk yoshlarida miyasi tezda rivojlanadi, dunyo qarashi paydo bo‘ladi va bu boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlariga ta’sir qiladi. Ushbu muhim shakllanish davrida iloji boricha ko‘proq u bilan vaqt o‘tkazing. (Qonunlar 6:6, 7)

  •  Bog‘cha haqida o‘ylayotgan ota-ona bolasi bilan qay yo‘sin yaqin rishtalarni bog‘lay olishi to‘g‘risida fikr yuritishi kerak.

Bog‘cha ta’siri ostida bolangiz sizga quloq soladimi? Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bir kitobda: «Bolalar qancha ko‘p birga vaqt o‘tkazsa, tengdoshlari shuncha ko‘p ularga ta’sir qilishadi»,— deb yozilgan. («Hold On to Your Kids»)

  •  Bog‘cha haqida o‘ylayotgan ota-ona bolasi ularning fikri uncha muhim emas degan xayolga bormasmikan, deb fikr yuritishlari darkor.

Bog‘cha farzandingizga maktabda yaxshiroq o‘qishiga yordam beradimi? Ayrimlar, ha deb aytar. Boshqalar esa u bolaning ta’lim olish qobiliyatiga umuman ta’sir qilmaydi degan fikrda. Bolalar psixologi Penelopa Lich shunday dedi: «Bola maktabda o‘rgangan bilimlari kelajagida eng foydali, u imkon qadar kichikligidanoq maktabga borishi yaxshiroq, degan keng tarqalgan fikrga uchmang. Bunga ishonayotgan bo‘lsangiz, faqat siz bera olishingiz mumkin bo‘lgan bundan-da muhimroq ma’lumotni qo‘ldan boy berishingiz hech gap emas».

  •  Bog‘cha haqida o‘ylayotgan ota-ona bu o‘zi foydalimi yoki hatto zarurmi, deb fikr yuritib ko‘rishi muhim.

Siz yoki turmush o‘rtog‘ingiz ishlamay, bola bilan uyda vaqt o‘tkazish imkoni bormi? Ba’zan moddiy jihatdan boy bo‘lib yashash maqsadida er ham, xotin ham ishlaydi. Bu arziydimi?

  •  Bog‘cha haqida o‘ylayotgan ota-ona ularning biri uyda o‘tirishi uchun sarf-xarajatlarni kamaytirish to‘g‘risida fikr yuritib ko‘rishi kerak.

Hamma ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rib chiqqandan keyingina bolangizni bog‘chaga yuborish-yubormaslik qarorini chiqaring. Shunday yo‘l tutgach ham, bog‘cha yaxshi fikr, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz-chi?

 Nima qila olasiz?

Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Zakovatli esa har bir qadamini o‘ylab bosadi». (Hikmatlar 14:15) Buni yodda tutgan holda, bu masalaga jiddiy yondashib puxta o‘ylang.

Boshqa yechim

  • Ba’zi ota-onalar bolasini xususiy bog‘chaga yuborishni afzal ko‘radi, chunki u yerda bolalar kamroq va ular bitta yoki bir nechta tarbiyachining nazorati ostida bo‘ladi.

  • Boshqa ota-onalar qarindoshiga yoki enagaga murojaat qilishadi.

Bu ikkita yechimning ham yaxshi, ham yomon tomonlari bor. Ehtimol, bunday yo‘l tutgan boshqa ota-onalar bilan maslahatlashib ko‘rarsiz? Muqaddas Kitobda: «Donolik esa maslahat izlaganlar bilandir»,— deyilgan. (Hikmatlar 13:10)

Bog‘chani tanladingiz deylik. Unda...

Bog‘cha haqida surishtiring

  • Bu bog‘chaning kerakli hujjatlari va ruxsatnomalari bormi? Qanday obro‘ga ega?

  • Bino toza va xavfsizmi?

  • Bolangiz u yerda nimalar bilan shug‘ullanadi? *

Tarbiyachilar haqida surishtiring

  • Ular qanday ma’lumotga ega? Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash uchun ular layoqatlimi? Tez tibbiy yordam ko‘rsata olishadimi?

  • Iloji bo‘lsa, bolangizga g‘amxo‘rlik qiladiganlar qonun masalasida muammolarga duch kelgan-kelmaganini surishtiring.

  • Bu bog‘chada tarbiyachilar tez-tez almashib turadimi? Agar shunday bo‘lsa, bolangiz har safar yangi insonga ko‘nikishi kerak bo‘lganda, qo‘shimcha stressga duch keladi.

  • Bitta tarbiyachining nazoratida nechta bola bo‘ladi? Agar bolalar ko‘p bo‘lsa, bitta tarbiyachining o‘zi yetarli emas, bolangizga e’tibor yetishmaydi. Albatta, hamma narsa bolangizning yoshi va qobiliyatlariga bog‘liq.

  • Tarbiyachilar siz bilan hamkorlik qilishga, sizning fikringizni inobatga olishga tayyormi?

^ 20- x.b. Masalan, bolangiz ko‘p vaqtni televizorni tomosha qilish bilan o‘tkazadimi yoki u ham aqlan, ham jismonan rivojlana olishiga hamma sharoitlar yaratilganmi?