Asosiy materiallarga o‘tish

OILA UCHUN YORDAM | BOLALAR TARBIYASI

Bolangiz umidingizni puchga chiqarsa, nima qilish mumkin?

Bolangiz umidingizni puchga chiqarsa, nima qilish mumkin?

Ba’zi o‘smirlar ota-onasi aytgan vaqtda uyga kelishmaydi. Boshqalar esa, masalan, o‘rtoqlari bilan biron joyga borish uchun ota-onasini aldashadi va uydan yashirincha chiqib ketishadi. Agar o‘smir bolangiz shunday qilayotgan bo‘lsa, qanday chora ko‘rish mumkin?

 Bolam qo‘zg‘olonchimi?

Qo‘zg‘olonchi bo‘lmasligi mumkin. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Ahmoqlik bolaning qalbiga o‘rnashgan». (Hikmatlar 22:15) Ko‘p o‘smirlarning xulqi, bu so‘zlarning yaqqol isboti. Psixologiya professori Lourens Steynberg shunday deb yozdi: «O‘spirinlar odatda o‘ylamay, shoshib yo‘l tutishadi. Shuning uchun, xatolar qilib turishiga tayyor bo‘ling» *.

 Bolam meni aldayotgan bo‘lsa-chi?

Bolangiz ataylab sizga qarshi biron yomonlik qilmoqchi deb o‘ylamang. Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘smirlar hatto buni sezdirishmasa ham, ota-onasi ular haqida qanday fikrda ekaniga befarq emas. O‘smir bolangiz sizni ranjitgani uchun aybdorlikni his etib, xavotirlanishadi. Ehtimol bu, uning tashqi ko‘rinishidan ko‘rinmasligi ham mumkin *.

Singan suyakni joyiga tushirib mustahkam holatiga qaytarish mumkin. Yo‘qotilgan ishonch ham xuddi shunday

 Kim aybdor?

  •  Hamma gap muloqotdami? Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Yomon odamlar bilan muloqot qilish yaxshi xulqni buzadi». (1 Korinfliklarga 15:33) Ha, o‘smirga do‘stlari juda qattiq ta’sir qiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va reklamalar unga ta’sir qilmay qo‘ymaydi. Qolaversa, kam tajribaga ega ekanini ham unutmang. Shunda, o‘smirlar nega gohida nodon qarorlar chiqarishini tushunasiz. Lekin u o‘z harakatlari uchun javobgar bo‘lishni o‘rganishi kerak. Shunday yo‘l tutibgina, u ishonchga sazovor inson bo‘lib ulg‘ayadi.

  •  Men xato qildimmi? Balki: «Bolamga o‘ta qattiq bo‘lganim sabab u shunday yo‘l tutyaptimikin?» — deb o‘zingizni koyib yurgandirsiz. Yoki: «Judayam bo‘sh bo‘lib, ko‘p erkinlik berib qo‘ydimmikan?» — deb siqilayotgandirsiz. Noto‘g‘ri yo‘l tutganman deb o‘zingizni qiynashning o‘rniga, muammoni hal qilishga kirishganingiz yaxshiroqdir.

 Bolam ishonchimni qaytarishiga qanday yordam berishim mumkin?

  • O‘zingizni qo‘lda tuting. Bolangiz noto‘g‘ri ish qilib qo‘ysa, g‘azablanishingizni bilishi aniq. Balki shunday vaziyatda o‘zingizni boshqacharoq tutishga harakat qilib ko‘rarsiz. Xotirjamlik ila nega bunday qilganining sabablarini muhokama qilib ko‘rsangiz bo‘ladi. Qiziquvchanlikmi? Zerikkani uchunmi? O‘zini yolg‘iz his qilgani sabablimi? Do‘stlarning yo‘qligimi? Albatta, bu, uning noto‘g‘ri ishini oqlamaydi, ammo shu yo‘sin siz va farzandingiz sabablarni yaxshiroq tushuna olasizlar.

    Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Kishi tinglashga tayyor bo‘lsin. So‘zlashga va g‘azablanishga esa shoshilmasin». (Yoqub 1:19)

  • Bo‘lib o‘tganlarni bolangiz tushunishiga ko‘maklashing. Undan: «Qanday saboq olding? Shunga o‘xshash vaziyatda keyingi safar o‘zingni qanday tutasan?» — deb so‘rab ko‘ring. Bunday savollar orqali uni o‘z harakatlariga baho berishga o‘rgatasiz.

    Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Zudlik bilan bajar, tanbeh ber, jiddiy ogohlantir, sabr-toqat va ta’lim berish mahorati bilan nasihat qil». (2 Timo‘tiyga 4:2)

  • Jazosiz qoldirmang. Bola noto‘g‘ri ish qilib qo‘yganda, qilganiga yarasha jazolash samarali bo‘ladi. Misol uchun, u haddan ziyod vaqtini telefoniga ketkazib, darsini va uy yumushlarini qilmagan bo‘lsa, qaysidir paytgacha telefondan foydalanishni man etishingiz mumkin.

    Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Inson nima eksa, shuni o‘radi». (Galatiyaliklarga 6:7)

  • Ishonchingizni qaytarishi mumkinligini unga ko‘rsating. To‘g‘ri, ishonchni tiklash uchun vaqt talab etiladi. Biroq farzandingiz siz undan umidingizni uzmaganingizni bilishi zarur. U vaziyat ilojsiz emasligini tushunishi darkor. Agar bolangiz ishonchingizni hech qachon qaytara olmasligini his etsa, u hatto harakat ham qilmaydi.

    Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Farzandlaringizning ruhi tushmasligi uchun, ularning g‘ashini keltirmanglar». (Kolosaliklarga 3:21)

^ 2- x.b. «Siz va o‘smir bolangiz» degan kitob. («You and Your Adolessent»)

^ 3- x.b. Bu maqoladagi ma’lumot ham o‘g‘il bolalar, ham qiz bolalar uchun taalluqli.