Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

5- DARS

Yig‘ilishlarimizda nimani ko‘rishingiz mumkin?

Yig‘ilishlarimizda nimani ko‘rishingiz mumkin?

Argentina

Serra-Leone

Belgiya

Malayziya

Aksariyat odamlar diniy yig‘inlarda hech qanday ma’naviy yo‘l-yo‘riq yoki tasalli topa olishmayotgani bois, ularga bormay qo‘yishadi. Unda nega siz Yahova Shohidlarining yig‘ilishlariga borishingiz kerak? U yerda siz nimani ko‘rasiz?

Mehribon va g‘amxo‘r kishilar orasidagi sevinchni ko‘rasiz. Birinchi asrda masihiylarning jamoatlari bo‘lgan. Ular Xudoga topinish, Muqaddas Yozuvlarni o‘rganish va bir-biriga dalda berish uchun yig‘ilib turishardi. (Ibroniylarga 10:24, 25) Shunday mehr-muhabbatga to‘la muhitda uchrashib, ular o‘zlarini imondosh akayu uka va opa-singillardan iborat bo‘lgan chin do‘stlari orasida ekanligini his qilishardi. (2 Salonikaliklarga 1:3; 3 Yuhanno 14) Birinchi asrdagi masihiylarning namunasiga taqlid qilib, biz ham bunday sevinchni namoyon etyapmiz.

Muqaddas Kitob qonun-qoidalarini amalda qanday qo‘llash mumkinligini ko‘rasiz. Muqaddas Kitob yozilayotgan vaqtlarda bo‘lganidek, bugun ham erkagu ayollar va bolalar birga yig‘ilishadi. Bunday uchrashuvlarda tajribali ustozlar Muqaddas Kitob yordamida uning qonun-qoidalarini kundalik hayotda qanday qo‘llash mumkinligini ko‘rish uchun bizga yordam berishadi. (Qonunlar 31:12; Naximiyo 8:8) Muhokama va qo‘shiq kuylashda hamma ishtirok eta oladi va shu yo‘sinda biz umidimiz bilan bo‘lisha olamiz. (Ibroniylarga 10:23)

Imoningiz mustahkamlanganini ko‘rasiz. Hazrati Isoning Pavlus ismli shogirdi o‘z zamonasidagi bir jamoatga shunday deb yozgandi: «Sizlarni rosa ko‘rgim kelyapti... sizlarning hamda mening, ya’ni bir-birimizning imonimizdan dalda olishimizni xohlayman». (Rimliklarga 1:11, 12) Yig‘ilishlarda imondoshlarimiz bilan muloqot qilganimizda imonimiz mustahkamlanib, Muqaddas Kitob qonun-qoidalari bo‘yicha umr kechirish qarorimiz qat’iy bo‘ladi.

Yig‘ilishlarimizga kelib, buni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni xohlaysizmi? Sizni u yerda yaxshi kutib olishadi. Yig‘ilishlarimizga kirish tekin — hech kimdan pul talab qilinmaydi.

  • Yig‘ilishlarimiz qaysi namunaga ko‘ra o‘tkaziladi?

  • Yig‘ilishlarimizdan qanday foyda olishimiz mumkin?