Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

15- DARS

Oqsoqollar jamoatda qanday vazifalarni bajarishadi?

Oqsoqollar jamoatda qanday vazifalarni bajarishadi?

Finlyandiya

O‘rgatish

Dalda berish

Va’z qilish

Bizning tashkilotimizda pul evaziga xizmat qiladigan ruhoniylar yo‘q. Aksincha, milodiy birinchi asrda masihiylar jamoatida bo‘lganidek, bugungi kunda ham «jamoatga cho‘ponlik qilish uchun» tayinlangan tajribali oqsoqollarimiz bor. (Havoriylar 20:28) Oqsoqollar ma’nan yetuk kishilar bo‘lib, jamoatda yetakchilik va cho‘ponlik qilishadi. Ular buni «majburiyat yuzasidan emas, balki bajonidil, harom yo‘l bilan foyda ko‘rish uchun emas, aksincha, ishtiyoq bilan» bajarishadi. (1 Butrus 5:1–3) Ular bizning foydamiz uchun qanday ishlar qilishadi?

Ular jamoatni himoya qilishadi. Oqsoqollar yo‘l-yo‘riq berib, jamoatni ma’naviy zarardan himoya qilishadi. Yahova ularga qanchalik mas’uliyatli vazifani ishonib topshirganini tushunib, oqsoqollar Uning xalqi ustidan hukmronlik qilishmaydi, aksincha, bizning baxt-saodatimiz uchun jon kuydirishadi. (2 Korinfliklarga 1:24) Suruvidagi har bir qo‘yni yaxshi biladigan g‘amxo‘r cho‘pon kabi, oqsoqollar jamoatning har bir a’zosi bilan tanishib olishga harakat qilishadi. (Hikmatlar 27:23)

Ular bizga Allohning irodasini bajarishni o‘rgatishadi. Oqsoqollar imonimizni mustahkamlash uchun har hafta yig‘ilishlar o‘tkazishadi. (Havoriylar 15:32) Ushbu xudojo‘y kishilar va’zgo‘ylik faoliyatida ham yetakchilik qilishadi. Ular biz bilan hamkorlik qilib, xizmatning hamma turlarini bizga o‘rgatishadi.

Ular bizga shaxsiy qiziqish ko‘rsatishadi. Oqsoqollar har bir va’zgo‘yning ma’naviy ehtiyojlari haqida qayg‘urishadi. Ular bizga Muqaddas Yozuvlar asosida tasalli va madad berish uchun uyimizga daldali tashrif bilan kelishi yoki Yig‘ilish zalida biz bilan suhbatlashishi mumkin. (Yoqub 5:14, 15)

Aksariyat oqsoqollar jamoatdagi vazifalarini bajarishdan tashqari, ro‘zg‘or tebratish uchun ham ter to‘kib ishlashadi. Ushbu mehnatsevar birodarlarimiz chindan ham hurmatga sazovor. (1 Salonikaliklarga 5:12, 13)

  • Oqsoqollar jamoatda qanday vazifalarni bajarishadi?

  • Oqsoqollar har birimizga qay yo‘sin shaxsiy qiziqish ko‘rsatishadi?