Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

[chapdan o‘ngga] Marselo, Yumara va Xaver. Ular ispan tilida chiqqan Brayl shriftidagi «Yangi dunyo tarjimasi»ni ushlab o‘tirishibdi

Ular sevgini amalda ko‘rgan

Ular sevgini amalda ko‘rgan

YUMARA va uning ukalari Marselo bilan Xaver Gvatemalada kichik bir qishloqda yashaydi. Muqaddas Kitob tadqiqini birinchi bo‘lib Yumara boshlagan. Keyin esa ukalari ham qo‘shilgan. Lekin bitta muammo bor edi. Ularning ko‘zi ojiz va Brayl shriftida o‘qiy olmasdi. Shuning uchun, ular bilan tadqiq o‘tkazgan birodar xatboshi va oyatlarni o‘zi o‘qib berardi.

Yig‘ilishga borish ham ular uchun qiyinchilik tug‘dirgan. Ularga yaqin bo‘lgan Yig‘ilish zaliga borish uchun ular 40 daqiqa yo‘l yurishlari kerak edi. Lekin jamoatdagi birodarlar ularga ko‘maklashishgan. Shuningdek, opa-ukalarga hafta o‘rtasida o‘tadigan uchrashuvda topshiriq berilganida birodarlar ularga ma’lumotni yodlashga yordam berishgan.

2019-yili mayda ularning qishlog‘ida yig‘ilishlar o‘tkazila boshlagani uchun doimiy kashshof bir juftlik u yerga ko‘chdi. Ular Brayl shriftida yozishni va o‘qishni bilishmasa-da, uni boshqalarga o‘rgatishni juda xohlashardi. Shuning uchun, ular kutubxonaga borib, bu shriftni o‘rganishga astoydil kirishishdi.

Marselo yig‘ilishda sharh beryapti

Bir necha oy ichida opa-ukalar Brayl shriftida o‘qishni boshlashdi. Bu ularning ma’nan o‘sishiga katta hissa qo‘shdi a. Hozir Yumara, Marselo va Xaver doimiy kashshof. Marselo jamoat xizmatkori. Uchalasi ham Yahovaga faol tarzda xizmat qilishyapti. Ularning g‘ayrati boshqalarga ham juda yaxshi ta’sir qilyapti.

Bu opa-ukalar jamoatdagilar ularni sevgi ila qo‘llab-quvvatlagani uchun juda minnatdor. Yumara shunday bo‘lishdi: «Yahovaning Shohidlari bilan ilk bor ko‘rishganimizdayoq bizga haqiqiy sevgini namoyon etishdi». Marselo esa quyidagicha dedi: «Jamoatda ajoyib do‘stlarga egamiz va sevgi ila birlashgan katta oilaning a’zolarimiz». Yumara va ukalari yer yuzi jannatga aylanishini intiqib kutishyapti. (Zab. 37:10, 11; Ishayo 35:5)

a «Brayl yozuvini o‘qishni o‘rganing» nomli risola ko‘zi ojiz yoki uncha yaxshi ko‘rmaydigan insonlarga Brayl yozuvida o‘qishni va yozishni o‘rganishga ko‘maklashyapti.