Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Sevgi bizni boshqalarning manfaatini o‘zimiznikidan ustun qo‘yishga undaydi

Qay yo‘sin yaqinimizga sevgini ko‘rsata olamiz?

Qay yo‘sin yaqinimizga sevgini ko‘rsata olamiz?

Hammamiz ilk inson Odamatoning avlodlari bo‘lganimiz uchun bir oila hisoblanamiz. Garchi oila a’zolaridan bir-birini sevib, hurmat qilish kutilsa ham, bugungi kunda bunday sevgini uchratish amrimahol. Shunga qaramay, mehribon Allohimiz bunday sevgini namoyon etishimizni istaydi.

MUQADDAS YOZUVLARDA SEVGI HAQIDA NIMA DEYILGAN?

«Yaqiningizni o‘zingizni sevganday sevinglar». (LEVILAR 19:18)

«Dushmanlaringizni sevinglar». (MATTO 5:44)

YAQINIMIZNI SEVISH NIMANI O‘Z ICHIGA OLADI?

Keling, Xudo O‘zining Kalomida 1 Korinfliklarga 13:4–7 da sevgini qanday ta’riflaganiga diqqat qarataylik.

«Sevgi sabr-toqatli va mehribondir».

O‘ylab ko‘ring. Boshqalar sizga sabr-toqatli va mehribon bo‘lishsa hamda xatolaringizdan g‘azablanishmasa, o‘zingizni qanday his qilasiz?

«Sevgi rashk qilmaydi».

O‘ylab ko‘ring. Boshqalar sizga rashk-hasad qilishsa, o‘zingizni qanday his etasiz?

Sevgi «o‘z manfaatini ko‘zlamaydi».

O‘ylab ko‘ring. Boshqalar nuqtai nazaringizni hurmat qilishsa va doim o‘z fikrida turib olishmasa, o‘zingizni qanday his etasiz?

Sevgi «xafagarchiliklarni hisoblab yurmaydi».

O‘ylab ko‘ring. Alloh Unga qarshi gunoh qilgan, ammo keyinchalik tavba qilgan insonlarni kechirishga tayyor. Ha, «U nuqson izlab yurmaydi,.. darg‘azab ham bo‘lmaydi». (Zabur 103:9) Agar kimnidir xafa qilsak va u bizni kechirsa, undan minnatdor bo‘lishimiz shubhasiz. Shunday ekan, biz ham dilimizni og‘ritgan odamlarni kechirishga shay turishimiz kerak. (Zabur 86:5)

Sevgi «adolatsizlikka sevinmaydi».

O‘ylab ko‘ring. Agar qandaydir qiyinchilikka duch kelib, azob cheksak, boshqalar bundan xursand bo‘lishini xohlamaymiz. Shuning uchun, hatto bizga yomonlik qilgan insonlarning boshiga og‘ir kunlar tushganda ham sevinmaymiz.

Allohning barakasidan bahramand bo‘lish uchun, odamlarning yoshi, millati yoki diniy e’tiqodiga qaramay, ularni sevishimiz darkor. Sevgini ko‘rsatishning yo‘llaridan biri — muhtojlarga yordam berishdir.