Asosiy materiallarga o‘tish

Gavayining Gonolulu shahridagi Pensakola ko‘chasi, 1228 dagi ta’mirlangan Yig‘ilish zali

2020-yil 22-APREL
QO‘SHMA SHTATLAR

Ilk «Yig‘ilish zali» 85-yil o‘tgach qayta bag‘ishlandi

Ilk «Yig‘ilish zali» 85-yil o‘tgach qayta bag‘ishlandi

Gavayining Gonolulu shahridagi Pensakola ko‘chasi, 1228 da Yig‘ilish zalining qurilishi boshlanganda, Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati prezidenti Jozef Ruterford o‘sha yerga borgan edi. Bu 1935-yili bo‘lgan. Ushbu kichik binoning qurilishi o‘zgacha edi, chunki u dunyo bo‘ylab ilk bor «Yig‘ilish zali» deb atalgan. Shuningdek, 80-yildan ziyodroq vaqt oldin ko‘pgina insonlar Tangri Yahovaga topinish uchun u yerga borgan. Hozir, 85-yil o‘tgach, o‘sha zalda to‘rtta jamoat yig‘ilib, uchrashuvlarini beshta tilda, jumladan, gavayi pidjin tilida ham o‘tkazadi *.

1935-yili qurilgan Yig‘ilish zali

COVID-19 pandemiyasidan oldin birodarlarimiz ushbu tarixiy eski binoni ta’mirlab bo‘lgach, 2020-yili 11–15-fevral kunlari u yerga mahalliy aholini, hukumat a’zolarini va o‘qituvchi-yu olimlarni tashrif buyurishni taklif qilishgan. Mehmonlarga ekskursiya o‘tkazilgan va ular binoning tarixi haqidagi ko‘rgazmalarni tomosha qilishgan. Qolaversa, ular Yahova Shohidlarining faoliyati to‘g‘risidagi birodarlarimizning nutqlarini tinglashgan. 16-fevral kuni Yahova Shohidlarining Yetakchi kengashi a’zosi Deyvid Spleyn zalni bag‘ishlash nutqini so‘zlagan.

Bu dasturning tayyorlanishida ko‘maklashgan bir singlimiz shunday dedi: «Mehmonlarni va’z qilish maqsadida taklif qilmagan bo‘lsak ham, haqiqat to‘g‘risida hech qachon eshitmagan ko‘plar Yahovaning Shohidlari haqida ajoyib shohidlikka ega bo‘ldi».

Bu voqea birodar-u opa-singillarimizga Gavayi orollaridagi Yahova Shohidlarining ajoyib tarixini yanada yaxshiroq bilishga ko‘maklashdi va ular «dengiz orollarida Isroil Tangrisi Yahovaning ismini olqishlaydi»,— degan so‘zlar amalga oshganini shaxsan o‘zlari ko‘rishdi. (Ishayo 24:15)

 

^ 2- x.b. COVID-19 pandemiyasi paytida Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab barcha jamoat uchrashuvlari vaqtincha Yig‘ilish zallarida emas, videokonferensiya orqali o‘tkazilmoqda.