Asosiy materiallarga o‘tish

Qo‘shma Shtatlardagi bir opamiz xat yozish orqali quvonch ila xizmat qilyapti

2020-YIL 31-MART
DUNYO BO‘YLAB YANGILIKLAR

Pandemiya paytida keksa imondoshlarimizga ma’naviy ishlar bilan band bo‘lishga ko‘maklashish

Pandemiya paytida keksa imondoshlarimizga ma’naviy ishlar bilan band bo‘lishga ko‘maklashish

Koronavirusga chalinish qariyalar uchun juda xavfli bo‘lgani tufayli yoshi ulug‘ birodar-u opa-singillarimiz sog‘liqni saqlash xodimlarining tavsiyalariga amal qilib donolikni namoyon etishyapti va uydan chiqishmayapti. Lekin ular boshqalardan ajralib qolgani va bo‘sh o‘tirgani yo‘q. Ular turli aloqa vositalaridan foydalanib yig‘ilishlarda va xizmatda ishtirok etmoqda.

1952-yili suvga cho‘mgan va yoshi 94 da bo‘lgan bir opamiz Italiyaning Rim shahrida yashaydi. U hali pandemiya boshlanmasidan avval zaif sog‘ligi dastidan uydan chiqa olmayotgan edi. Garchi u yig‘ilishlarni JW Stream orqali tomosha qilgan bo‘lsa-da, muayyan vaqt davomida o‘zining jamoatidagilarni ko‘ra olmagan. Endi esa oqsoqollar uchrashuvlarni videokonferensiya orqali o‘tkazayotgani tufayli u jamoatidagi barchani ko‘rib, o‘zining yig‘ilishini tinglay olyapti.

Spanish Forkda (Yuta, AQSH) yashaydigan Stefani Eytken ismli imondoshimizning qulog‘i eshitmaydi va u qariyalar uyida yashaydi. Hozirda u yerga mehmonlar kelishi taqiqlangan. Bir oqsoqol turmush o‘rtog‘i bilan bu imondoshimizga videokonferensiya uchun ilovani o‘rnatishga yordamlashdi. Binoning kiraverishi oynali bo‘lgani tufayli ular uning ortida turib unga ilovani qanday o‘rnatishni imo-ishora tilida ko‘rsatishdi. Eytken opamiz ilovani o‘rnata olganidan shunchalik xursand bo‘ldiki, planshetini quchoqlab oldi. U jamoati bilan aloqada bo‘lish imkoni borligi uchun minnatdor.

Dunyo bo‘ylab birodar-u opa-singillarimiz, jumladan, keksa imondoshlarimiz pandemiya tufayli yuzaga kelgan qiyin vaziyatga moslashish uchun aloqa vositalaridan foydalanmoqda. Bu Yahova Uning xizmatchilari «xalqlar sutidan» donolik ila foydalanishi haqida bergan va’dani eslatmoqda. (Ishayo 60:16) Shuni bilamizki, Yahova Uning yer yuzidagi xizmatchilari og‘ir paytga kimga muhtoj bo‘lsa, O‘sha bo‘ladi.

 

Shvesiyadagi juftlik (tepada chapda), Fransiyadagi birodar (pastda chapda) va Janubiy Koreyadagi juftlik (o‘ngda) yig‘ilishda qatnashyapti

Norvegiyadagi bir juftlik telefon orqali va’z qilyapti

Italiyadagi bir juftlikka daldali tashrif qilinyapti