Asosiy materiallarga o‘tish

Yahovaning Shohidlari qandaydir kino, kitob yoki qo‘shiqlarni taqiqlashadimi?

Yahovaning Shohidlari qandaydir kino, kitob yoki qo‘shiqlarni taqiqlashadimi?

 Yo‘q. Tashkilotimiz insonlar uchun muayyan kino, kitob yoki qo‘shiqlar borasida qonun o‘rnatmaydi. Nima uchun?

  Muqaddas Kitobga ko‘ra, har bir inson yaxshini yomondan ajrata olishi uchun «zehnini ishga solishni» o‘rganishga intilishi kerak. (Ibroniylarga 5:14)

  Xudotars kishilar o‘yin-kulgi turini tanlayotganda, o‘ylab ko‘rishi mumkin bo‘lgan Muqaddas Kitobdagi asosiy prinsiplar bor a. Hayotimizning barcha sohalarida bo‘lganday, o‘yin-kulgi turini tanlayotib ham, maqsadimiz «Rabbimizga nima ma’qul ekaniga doimo ishonch hosil qilishdan» iborat. (Efesliklarga 5:10)

  Muqaddas Yozuvlarga binoan, oila boshi muayyan hokimiyatga ega. Shu bois, u oila a’zolariga qaysidir o‘yin-kulgi turiga ruxsat bermasligi mumkin. (1 Korinfliklarga 11:3; Efesliklarga 6:1–4) Biroq hech bir insonning, o‘z oilasidan tashqari, boshqalarga muayyan kino yo qo‘shiqlarni taqiqlashga va u yoki bu artistning ijodi Yahovaning Shohidlariga ma’qul emas, deb aytishga haqqi yo‘q. (Galatiyaliklarga 6:5)

a Masalan, Muqaddas Kitobda sehr-jodu, jinsiy axloqsizlik yoki zo‘ravonlik bilan bog‘liq har qanday narsa qoralanadi. (Qonunlar 18:10–13; Efesliklarga 5:3; Kolosaliklarga 3:8)