Asosiy materiallarga o‘tish

Yahovaning Shohidlarida o‘zlarining Muqaddas Kitobi bormi?

Yahovaning Shohidlarida o‘zlarining Muqaddas Kitobi bormi?

 Yahovaning Shohidlari Muqaddas Kitobni tadqiq qilish maqsadida turli tarjimalarni qo‘llashadi. Lekin agar ona tilida bo‘lsa, ayniqsa «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»ni afzal deb bilishadi. Sababi, u aniq, tushunarli va unda Allohning ismi qo‘llanilgan.

  •   Xudoning ismi qo‘llanilishi. Ayrim Muqaddas Kitob nashriyotchilari hurmatga loyiq bo‘lgan uning Muallifiga hurmat ko‘rsatishmaydi. Masalan, Muqaddas Kitobning bitta tarjimasida uning bosib chiqarilishiga hissa qo‘shgan 70dan ziyod insonlarning ismlari keltirilgan edi. Biroq bu tarjimada Muqaddas Kitob Muallifi bo‘lmish Xudoning ismi — Yahova umuman qo‘llanilmagan.

     Shuni aytish joizki, «Yangi dunyo tarjimasi»da Xudoning ismi minglab marotaba ishlatilgan. Chunki bu ism Muqaddas Kitobning asl nusxasida qayerda uchragan bo‘lsa, o‘sha joylarning har birida keltirilgan. Tarjimonlarning ismlari esa keltirilmagan.

  •   Aniqlik. Hamma ham tarjimalar Muqaddas Kitobning asl nusxasidagi ma’noni aniq yetkazib berolmaydi. Misol uchun, bitta tarjimada Matto 16:24da shunday deyilgan: «Agar kim Menga ergashishni istasa, o‘zidan kechsin va o‘z xochini ko‘tarib, orqamdan yursin». Iso Masih yer yuziga kelishidan ko‘p asrlar oldin butparast xalqlar Xudoga sig‘inishda xochdan foydalanishardi. Mil. 3 asrning o‘rtalarida cherkovlar xochdagi Masihning tasvirini qo‘llaydigan bo‘lishdi. Balkim tarjimonlar Iso xochda o‘lganiga ishonishgani uchun Xudoning Kalomida «xoch» so‘zini ishlatishgandir. Ammo Muqaddas Kitobning asl nusxasida «ustun» deb tarjima qilinadigan so‘z qo‘llanilgan. Shuning uchun, «Yangi dunyo tarjimasi»da bu oyat quyidagicha o‘girilgan: «Kimki mening ortimdan yurishni istasa, o‘zidan kechsin va o‘zining azob ustunini ko‘tarib, menga ergashib yursin».

  •   Tushunarli. Yaxshi tarjima nafaqat aniq, balki tushunarli bo‘lishi muhim. Mana bir misol, Matto 5:3da Iso Masih tom ma’noda «ruhan kambag‘al bo‘lganlar baxtlidir», deb tarjima qilinadigan iborani qo‘llagan. Hozirgi kunda, o‘quvchi bu oyatni osonlikcha anglay olishi uchun «Yangi dunyo tarjimasi»da u tushunarliroq yetkazilgan. U yerda: «Ma’naviy narsalarga chanqoq bo‘lganlar baxtlidir»,— deyilgan.

 «Yangi dunyo tarjimasi» aniq va tushunarli bo‘lib, u yerda Xudoning ismi qo‘llanilishidan tashqari, uning yana bir farqi bor. Ushbu tarjima bepul. Bu tufayli millionlab insonlar, jumladan, Muqaddas Kitobni sotib olishga imkoni bo‘lmagan kishilar ham uni o‘z ona tilida o‘qishi mumkin.