Asosiy materiallarga o‘tish

Yahova Shohidlarining Yetakchi kengashi nima degani?

Yahova Shohidlarining Yetakchi kengashi nima degani?

 Yetakchi kengash — butun dunyo bo‘ylab Yahovaning Shohidlariga yo‘l-yo‘riq taqdim etadigan ma’nan yetuk masihiylardan iborat kichik guruh. Bu guruh quyidagi ikki yo‘nalishda faoliyat yuritadi:

 Yetakchi kengash birinchi asrda imonlilar jamoatlariga tegishli muhim qarorlar chiqargan «Quddusdagi havoriylar va oqsoqollarning» o‘rnagiga taqlid qiladi. (Havoriylar 15:2, 6) O‘sha sadoqatli erkak kishilar kabi Yetakchi kengash a’zolari ham tashkilotimizning rahbarlari hisoblanmaydi. Ular Tangri Yahova Iso Masihni jamoat boshi qilib tayinlaganini tan olib, Muqaddas Kitobdan yo‘l-yo‘riq izlashadi. (1 Korinfliklarga 11:3; Efesliklarga 5:23)

Yetakchi kengash a’zolari kimlar?

 Yetakchi kengash a’zolari: Geyj Fligl, Gerrit Lyosh, Deyvid Spleyn, Jeffri Vinder, Jeffri Jekson, Kennet Kuk, Mark Sanderson, Stiven Lett va Semyuel Xyord. Ular Uorvikda (AQSH, Nyu-York) Xalqaro bosh idorada xizmat qilishadi.

Yetakchi kengash qanday tashkil etilgan?

 Yetakchi kengash faoliyatimizning har bir sohasi uchun javobgar bo‘lgan oltita qo‘mitani ta’sis etgan. Yetakchi kengash a’zosining har biri bitta yoki ko‘proq qo‘mitada xizmat qiladi.

  •   Maorif qo‘mitasi anjuman, yig‘ilish va turli maktablar, shuningdek, audio va video dasturlar orqali taqdim etiladigan ma’naviy ozuqa tayyorlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi.

  •   Muharririyat qo‘mitasi ma’naviy ozuqa bosma shaklda va veb-saytimizda chiqishiga hamda tarjimonlarning ishini tashkillashtirishga javobgar.

  •   Nashriyot qo‘mitasi Muqaddas Kitob asosidagi adabiyotlar bosib chiqarilishini, jo‘natilishini va topinish uchun mo‘ljallangan binolar, tarjimonlar uchun ofislar va filiallar qurilishini nazorat qiladi.

  •   Raislar qo‘mitasi yuridik ishlar, tabiiy ofatlar, diniy e’tiqodi uchun quvg‘unlar va Yahovaning Shohidlari duch kelayotgan boshqa favqulodda vaziyatlarda yordam berilishiga javobgar.

  •   Xizmat qo‘mitasi «Shohlik haqidagi xushxabar»ni va’z qilish faoliyatini nazorat qiladi. (Matto 24:14)

  •   Xodimlar qo‘mitasi Baytil oilasining a’zolariga g‘amxo‘rlik qiladi.

 Bu qo‘mitalarda xizmat qilishdan tashqari, Yetakchi kengash a’zolari tashkilotimizning ehtiyojlarini muhokama qilish uchun har hafta majlis o‘tkazishadi. Ular majlisda muqaddas ruh ta’siri ostida Muqaddas Yozuvlarni muhokama qilishadi va yakdillik bilan qarorlar chiqarishga intilishadi. (Havoriylar 15:25)

Yetakchi kengash yordamchilari kimlar?

 Ishonchli masihiylar Yetakchi kengash qo‘mitalariga yordam berishadi. (1 Korinfliklarga 4:2) Ular o‘zlari tayinlangan qo‘mita taqdim etayotgan ishni amalga oshirish uchun kerakli tajriba va qobiliyatlarga ega. Ular ham bu qo‘mitalar har hafta o‘tkazadigan majlisda qatnashishadi. Garchi bu yordamchilar qarorlar chiqarishda ishtirok etishmasa ham, qimmatli maslahatlar va qo‘shimcha ma’lumotni taqdim etib, qo‘mitalarning qarorlarini amalga oshirishadi hamda natijalarini kuzatib borishadi. Shuningdek, ular Yetakchi kengash tomonidan dunyoning turli joylaridagi imondoshlarimiznikiga tashrif buyurish, yillik majlis yoki Gilad maktabining bitiruv marosimlari kabi tadbirlarda nutq so‘zlash uchun tayinlanishadi.

YETAKCHI KENGASH YORDAMCHILARI

Qo‘mita

Ism

Maorif qo‘mitasi

  • Deyvid Sheyfer

  • Kennet Flodin

  • Mark Numar

  • Ronald Kurzan

  • Uilyam Malenfant

Muharririyat qo‘mitasi

  • Jeyms Mans

  • Jin Smolli

  • Isak Marey

  • Kennet Godbyorn

  • Klayv Martin

  • Kristensen Per

  • Leonard Mayers

  • Nikolas Aladis

  • Robert Siranko

  • Xermanus van Selm

Nashriyot qo‘mitasi

  • Aleks Raynmyuller

  • Gayus Glokkentin

  • Deyvid Sinkler

  • Donald Gordon

  • Robert Batler

  • Robert Luchchoni

  • Xarold Korkern

Raislar qo‘mitasi

  • Jon Ekrann

  • Pol Gillis

  • Troy Snayder

Xizmat qo‘mitasi

  • Baltasar Perla

  • Geri Bro

  • Jedele Jodi

  • Jonatan Smit

  • Jorj Betti

  • Joel Delinger

  • Kristofer Mavor

  • Lion Uiver

  • Set Xayatt

  • Uilyam Tyorner

  • Entoni Griffin

Xodimlar qo‘mitasi

  • Deniel Molchen

  • Jerald Grizl

  • Patrik Lafranka

  • Ralf Uolls