Asosiy materiallarga o‘tish

U mahbuslardan bilib oldi

U mahbuslardan bilib oldi

Bir kishi 2011-yili Eritreyadan Norvegiyaga qochoq sifatida keldi. Yahovaning Shohidlari uni uchratib suhbatlashishganida, u ona yurtida ham Shohidlarni uchratganini aytdi. Bu kishi harbiy xizmatchi bo‘lganida imoni uchun qamoqda o‘tirgan Yahovaning Shohidlarini ko‘rgan ekan. Harbiy xizmatni o‘tashga majburlash uchun ularga juda yomon munosabatda bo‘lishganiga qaramay, ular bosh tortishgan.

Kutilmaganda vaziyat o‘zgarib o‘sha odamning o‘zi ham qamoqqa tushgan. Bu kishi 1994-yildan beri imoni uchun ozodlikdan mahrum etilgan uchta Yahovaning Shohidi, ya’ni Paulos Iyasu, Negede Teklemariam va Isaak Mogos bilan bitta qamoqxonada o‘tirgan.

O‘sha yerda u Yahova Shohidlarining o‘zlari ham boshqalarga o‘rgatganlari bo‘yicha hayot kechirishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan. U shohidlar halol ekaniga va boshqa mahbuslar bilan oziq-ovqatlarini bo‘lishayotganiga e’tibor bergan. Qolaversa, u qamoqdagi Yahovaning Shohidlari har kuni birgalikda Muqaddas Kitobni tadqiq qilishgani hamda boshqa odamlarni ham ularga qo‘shilishga taklif etishganining guvohi bo‘lgan. Agar e’tiqodidan voz kechish haqidagi hujjatga qo‘l qo‘yishsa, ularga ozodlikni va’da qilishgan, biroq Shohidlar buni rad etishgan.

Ko‘rganlari bu samimiy kishiga juda qattiq ta’sir qilgandi. Shuning uchun u Norvegiyaga kelgach, nega Yahovaning Shohidlari bunday kuchli imonni namoyon etishini bilmoqchi bo‘ldi. Yahovaning Shohidlarini uchratganida u o‘sha zahoti Muqaddas Kitob tadqiqini boshladi va yig‘ilishlarga qatnaydigan bo‘ldi.

2018-yili, sentyabrda u Yahovaning Shohidi sifatida suvga cho‘mdi. Hozir u Sudan hamda Eritreyadan bo‘lgan kishilar bilan suhbatlashish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanib, ularni Muqaddas Kitobni tadqiq qilishga va kuchli imonni rivojlantirishga undaydi.