Asosiy materiallarga o‘tish

Animatsion roliklar

Bu qisqa animatsion videolarda jiddiy mavzular qiziqarli tarzda yoritilgan.

 

Qayg‘uni yenga olasiz

Tushkunlik sizni o‘rab olgan bo‘lsa, nima qila olasiz?

Sport haqida nimalarni bilishingiz kerak

Sport bilan shug‘ullanish, boshqalar bilan hamkorlik qilishga ko‘maklashadi. Lekin sport hayotingizda birinchi o‘rinda turishi kerakmi?

Spirtli ichimliklar: oqibatini o‘ylang

Ichkilik ta’sirida ko‘p odamlar nojo‘ya gap aytishadi yoki ish qilishadi. Spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish xavfidan va bu tufayli kelib chiqadigan muammolardan o‘zingizni qanday himoya qila olasiz?

Ota-onam bilan qanday til topishsam bo‘ladi?

Gaplashishni istamaganingizda, ota-onangiz bilan qanday qilib til topisha olasiz?

Elektron qurilmalarning xo‘jayinimisiz yo qulimi?

Elektron qurilmalarga to‘lib-toshgan dunyoda yashayapmiz, ammo u sizning xo‘jayiningiz bo‘lishi shart emas. Qurilmangizga qaram bo‘lgan-bo‘lmaganingizni qanday aniqlay olasiz? Xo‘sh, bu siz uchun muammo bo‘lsa, qanday qilib uning xo‘jayini bo‘la olasiz?

Qanday qilib ko‘proq erkinlikka ega bo‘la olaman?

Sizga kattalarday munosabat qilish kerak deb o‘ylayotgandirsiz. Ammo ota-onangiz boshqacha fikrda. Xo‘sh, ularning ishonchiga sazovor bo‘lish uchun qanday qadamlar qo‘ya olasiz?

G‘iybatchiga sherik bo‘lmang!

Suhbatingizga g‘iybat aralashsa, zudlik bilan harakat qilish kerak.

Bu sevgimi yo oshiqlikmi?

Sevgi va oshiqlik orasida qanday farq borligini bilib oling.

Tengdoshlarning bosimiga qarshi turing!

Shaxsiy qaror chiqarish kerak bo‘lganda, to‘rtta qadam yordamida buning uchun kuchga to‘la olasiz.

Ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalaning

Xavfli tomonlarni yodda tutgan holda do‘stlaringiz bilan onlayn muloqot qilsangiz ham yoqimli, ham xavfsiz bo‘lishi mumkin.

Bezoriga mushtsiz javob qaytaring

Nega tengdoshlaringiz yomon munosabat qilishini va qanday qilib javob qaytara olishingiz mumkinligini bilib oling.