Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

MUQOVADAGI MAVZU | QAY YO‘SIN MUQADDAS KITOBNI O‘QISHDAN QO‘PROQ FOYDA OLSA BO‘LADI?

Nega Muqaddas Kitobni o‘qish kerak?

Nega Muqaddas Kitobni o‘qish kerak?

«Men Muqaddas Kitobni o‘qish qiyin bo‘lsa kerak, deb o‘ylaganman». (Jovi)

«Uni o‘qish menga zerikarli tuyulgandi». (Kvini)

«Muqaddas Kitobning qalinligini ko‘rib uni o‘qish istagim yo‘qolib qoldi». (Yezekil)

Muqaddas Kitobni o‘qish fikri kelganda sizda ham o‘xshash tuyg‘ular paydo bo‘lganmi? Ko‘plar uni o‘qish qo‘limdan kelmaydi, deb o‘ylaydi. Lekin Muqaddas Kitob hayotingizni yanada yorqin qilib, baxtli hayot kechirishingizga ko‘maklashishini bilganingizda-chi? Uni o‘qishga boshqacha yondashilsa, bu yanada qiziqarli bo‘lishini bilganingizda-chi? Muqaddas Kitob sizga nima taklif qilishini bilishni istarmidingiz?

Keling, Muqaddas Kitobni o‘qish hayotini qanday boyitganini so‘zlab bergan kishilarning fikrlari bilan tanishib chiqamiz.

Yoshi 20 larda bo‘lgan Yezekil shunday dedi: «Men ilgari qayoqqa ketayotganini bilmaydigan haydovchiga o‘xshardim. Muqaddas Kitobni o‘qish hayot mazmunini topishimga ko‘maklashdi. Bu kitobda kundalik hayotimga asqatadigan amaliy maslahatlar yozilgan».

Yoshi 20 larda bo‘lgan Frida esa quyidagicha tushuntirdi: «Jahlim tez edi. Muqaddas Kitob tufayli o‘zimni qo‘lga olishni o‘rgandim. Odamlar bilan murosa qilish osonlashdi va endi ko‘p do‘stlarim bor».

Yoshi 50 dan oshgan Evnika ismli bir ayol esa Muqaddas Kitob haqida shunday fikr bildirdi: «Bu kitob yaxshi insonga aylanishimga va yomon odatlarimni tashlashimga yordam berdi».

Yuqorida tilga olingan kishilar va millionlab boshqa insonlar kabi Muqaddas Kitobni o‘qish sizga ham hayotdan mamnuniyat topib yashashga ko‘maklashadi. (Ishayo 48:17, 18) Bu kitob yordamida siz: 1) to‘g‘ri qarorlar chiqara olasiz, 2) chinakam do‘stlar topasiz, 3) stressni yengishni o‘rganasiz va eng muhimi 4) Xudo to‘g‘risida haqiqatni bilib olasiz. Muqaddas Kitobdagi maslahatlarni Xudo bergani uchun, siz aslo adashmaysiz. Xudo hech qachon yomon maslahat bermaydi.

Eng muhimi — boshlashdir. Qanday amaliy qadamlar o‘qishni boshlashni osonlashtirib, bu jarayonni qiziqarli qiladi?