Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Xulda maqsadiga erishdi

Xulda maqsadiga erishdi

INDONEZIYADAGI Sangir Besar nomli kichik orolda uchta opamiz yashaydi. Bir necha yil avval ular sohilda birga o‘tirishgan. Ular xizmat qilib, odamlarga Muqaddas Kitobni tushunishga yordam berishgani uchun oroldagilarning hammasi ularni taniydi. Biroq bu safar ular boshqa narsa bilan shug‘ullanishgan.

Indoneziyaning shimolidagi Sangir Besar oroli

Ular dengizga sho‘ng‘ib, sohilga katta toshlarni sudrab chiqarishardi. Ba’zi toshlar xuddi futbol koptokiday edi. Keyin ular yog‘ochli kichik stullarga o‘tirib, o‘sha toshlarni bolg‘acha bilan maydalashgan. Ular chamasi tovuq tuxumiday bo‘lgan. So‘ng mayda toshchalarni plastik chelaklarga solib, zinadan chiqib, uyiga olib borishgan. U yerda o‘sha toshlarni katta qoplarga solishgan, qoplarni esa yuk mashinalarga ortishgan. Bu toshlar yo‘l qurilishi uchun xomashyo sifatida ishlatilardi.

Xulda sohilda tosh yig‘yapti

Bu opalarning biri Xulda. Sharoitlari unga boshqalardan ko‘proq vaqtini bu ishga sarflashga imkon bergan. Odatda u hamma pulini oilasining kundalik ro‘zg‘origa ishlatardi. Lekin u bu pulning bir qismini boshqa narsa uchun ham jamlab qo‘yadigan bo‘ldi. U planshet sotib olib, JW Library ilovasidan foydalanmoqchi edi. Xulda bu ilovadagi barcha video va boshqa ma’lumotlar yordamida ko‘proq xizmat qila olishini hamda Kalomni yaxshiroq tushunishini bilgan.

Xulda bir yarim oy mobaynida har kuni ertalab ikki soat ishlab, kichik yuk mashinasini to‘ldirmaguncha toshlarni maydalardi. Oxiri u yetarlicha pul to‘plab, planshet xarid qildi.

Xulda planshetini ushlab turibdi

U shunday bo‘lishdi: «Jismonan charchagan va toshlarni maydalashdan qo‘l-oyoqlarim og‘rigan bo‘lsa ham, yangi planshetim yordamida xizmatda yanada samarali bo‘lib, yig‘ilishlarga tayyorgarlik ko‘rish osonroq bo‘lgani uchun bir zumda barcha og‘riqlarni unutdim». Qolaversa, Xulda pandemiyaning eng boshida bu planshet yordamida yig‘ilishlarga ulanib, va’zgo‘ylik qila olganini aytdi. Bu opamiz maqsadiga erishganidan xursandmiz.